
“Real” yulduzi jamoada qolish uchun maoshidan voz kechdi
Lionel Messi va Krishtianu Ronaldu gegemonligi davrida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritishni uddalagan Luka Modrich “Real”da qolish uchun maoshining bir qismidan voz kechdi.
Tomonlar kelishuviga ko‘ra, xorvatiyalik yarim himoyachining shartnomasi 2022 yilning yozigacha uzaytiriladi. Buning evaziga maoshi pasaytiriladi. Klubning bu talabini Modrich qabul qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda.
35 yoshli futbolchi joriy mavsumda “Real” tarkibida barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va oltita golli pas uzatdi.
Luka Modrich faoliyatini aynan Madrid superklubida yakunlashni orzu qilishini bir necha bor aytgan edi.
Fikrlar