
“Real” yulduzi “Liverpul”ga ketmoqchi
“Real” yarim himoyachisi Toni Kroos “Liverpul” bosh murabbiyi Yurgen Klopp haqida iliq fikrlar bildirdi.
Ma’lumki, “Real” va “Liverpul” 28 may kuni Chempionlar ligasining finalida o‘zaro to‘qnash keladi.
- To‘g‘risi, men Yurgen Klopp qo‘l ostida to‘p tepishni orzu qilaman. Uning “Borussiya”si zo‘r jamoa edi. Endi undan zo‘rini “Liverpul”da shakllantirdi. Klopp – ajoyib murabbiy, - dedi 32 yoshli germaniyalik futbolchi.
Toni Kroosning amaldagi shartnomasi bir yildan keyin tugaydi. Manbalarning ta’kidlashicha, futbolchi hamkorlikni uzaytirmoqchi emas.
Yakunlangan mavsumda Kroos 43 ta o‘yinda qatnashib, bir juft gol urdi va uch marta assistni amalga oshirdi.
Fikrlar