"Real" yulduzi Neymarning ko‘nglini ko‘tardi

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi
 
 
Braziliya terma jamoasi va "Barselona" hujumchisi Neymar ko‘pincha muxlislar va mutaxassislardan o‘yin usuli tufayli tanqidga uchrasa-da, uni hurmat qiladigan va undan faxrlanadiganlar ham ko‘pchilikni tashkil qiladi.
 
Braziliya terma jamoasi va "Real"da porlagan mashhur  himoyachi Roberto Karlos o‘z hamyurtini maqtab, uning ko‘nglini ko‘tardi.
 
- Neymar - Olimpiada chempioni, - dedi Roberto Karlos. - U dunyodagi eng zo‘r futbolchilardan biri ekanini unutmaslik lozim. Braziliya xalqi Neymar bilan faxrlanadi.
 
 
Neymar joriy chempionatda "Barselona" tarkibida 14 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga to‘rtta gol urdi va olti marta golli pas uzatdi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!