“Real” yulduzi: Ovozni ko‘taradigan payt keldi, ish tashlashga tayyormiz!

  • 20.09.2024 13:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Evropaning mashhur futbolchilari musobaqalar taqvimi tig‘izligi, o‘yinlar soni ko‘pligiga noroziligini bildira boshladi.

Yaqinda “Manchester Siti” etakchisi Rodri Ernandes etakchi o‘yinchilar oxirgi chora sifatida ish tashlashga tayyor ekanini ta’kidlagandi.

Endi bu masalaga “Real”ning tajribali o‘yinchisi Dani Karvaxal ham qo‘shildi.

- Futbolchilar ish tashlash e’lon qilishi mumkin. O‘yinchilarning fikri inobatga olinmayapti. Shu bois, ovozimizni ko‘taradigan payt keldi, - dedi Dani Karvaxal.

Gap shundaki, UEFA mintaqaviy musobaqalar formatini o‘zgartirdi. Aksariyat jamoalar qisqa muddatda bir nechta o‘yin o‘tkazishiga to‘g‘ri kelmoqda. Futbolchilar organizmi tiklanmay turib, yana maydonga tushish ularga qiyinchilik tug‘dirayotganini ta’kidlamoqda

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
+998934037982
20/09/2024 21:23
Bizga uhshab bir haftada bir uyin yetkazinglar.bizda shu ham tigʻiz uyin