“Real” yulduzini transferga qo‘ydi

  • 5 fevral, 2021, 09:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” safida uzoq yillardan beri to‘p tepib kelayotgan chap qanot himoyachisi Marselo transferga qo‘yildi va yozda o‘ziga yangi jamoa topishi kerak.

Tecno

Jamoa bosh murabbiyi Zinedin Zidan 32 yoshli braziliyalik yulduzga imkoniyat berishni istamadi. Frantsiyalik mutaxassis chap qanot uchun mas’uliyatni to‘lig‘icha Ferlan Mandiga yuklashga qaror qilgan.

Marseloning “Qirollik klubi” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Biroq, o‘yinchi erkin agentga aylanmasidan klub uni shu yilning yozida sotib yuboradi.

Marselo “Real”ga 2007 yilning 1 yanvarida kelgan. Shundan beri madridliklar tarkibida 517 ta uchrashuv o‘tkazib, raqiblar darvozasiga 38 ta gol urdi va 100 ta golli pas muallifi bo‘ldi. Uning transferi 10 million evroga baholanmoqda.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!