
“Real” yulduzlari koronavirusdan qocholmadi va yangi holatlar qayd etilmoqda
“Real” koronavirusdan aziyat chekmoqda. Avvalroq, madridliklarning olti futbolchisi virus yuqtargani haqida ma’lumot berilgan edi.
O‘tkazilgan test natijalariga ko‘ra, asosiy tarkibning yana ikki o‘yinchisida kovid aniqlandi. Unga ko‘ra, himoyachi David Alaba va yarim himoyachi Isko shifokorlar nazorati va karantinga olingan.
Ungacha “Qirollik klubi” himoyachisi Marselo, yarim himoyachilardan Marko Asensio va Luka Modrich, hujumchilar Garet Beyl va Rodrigo, darvozabon Andrey Lunin kovid yuqtirib olgandi. Bundan jamoa bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham chetda qolgani yo‘q.
“Real” uchun mavsum muvaffaqiyatli davom etmoqda. Madridliklar 18 ta uchrashuvda 43 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Ular eng yaqin ta’qibchi “Sevilya”ni besh ochkoga ortda qoldirmoqda.
Fikrlar