
"Real" Zidanning 3 nafar "arzandasi" bilan xayrlashishi mumkin
Madridning "Real" klubi rahbariyati jamoaning sobiq ustozi Zinedin Zidanning uch nafar “arzanda” futbolchisi bilan xayrlashishni rejalashtirmoqda.
El Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 45 yoshli frantsiyalik mutaxassisning “Santyago Bernabeu”dan ketishi ortidan darvozabon Keylor Navasa, himoyachi Rafael Varan hamda hujumchi Karim Benzemalarning jamoadagi kelajagi katta so‘roq ostida qoldi. Ta’kidlash kerakki, ushbu uchchala futbolchi yakunlangan mavsum ko‘rsatgan o‘yinlari bilan ko‘pchilikning jiddiy e’tirozlariga sabab bo‘lgan bo‘lsada, Zidan ularni asosiy tarkib futbolchisi sifatida ko‘rib keldi.
Fikrlar