“Real” yulduz hujumchiga xaridor
Ispaniyaning Fichajes nashrining xabar berishicha, “Real” mutasaddilari “Leyptsig” hujumkor futbolchisi Kristofer Nkunkuni kuzatishda davom etmoqda.
Nkukuning o‘yini tobora ochilib bormoqda va u o‘tganm avsum juda ko‘p gol urdi. “Leyptsig” frantsiyalik futbolchiga grand klublar xaridor bo‘layotganini inobatga olib, futbolchi bilan 2026 yilning yarmigacha davom etadigan yangi bitim tuzdi.
Ayni paytda 24 yoshli futbolchi 80 million evroga baholanmoqda.
PSJ tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Nkunku faoliyati davomida 256 ta uchrashuvda maydonga tushib, raqiblar darvozasiga 69 ta to‘p kiritgan va jamoadoshlarining 57 ta goliga hammualliflik qilgan.
Fikrlar