
"Real"da Anchelottining o‘rniga to‘rtta da’vogar bor
Madridning "Real" klubi mavsum oxirida jamoaning amaldagi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti o‘rnini bosa oladigan murabbiy izlamoqda.
Avvalroq, "Sport Bild" nashri "qirollik klubi" Tomas Tuxel nomzodiga qiziqish bildirayotgani haqida xabar bergandi. Xuddi shu manbaning qo‘shimcha qilishicha, "qaymoqranglilar" short listida germaniyalik mutaxassisdan tashqari yana uchta nomzod mavjud.
Bular Madridning ikki sobiq futbolchisi Raul Gonsales va Xabi Alonsolardir. Raul hozirda "Kastiliya"ni boshqarsa, Xabi esa "Bayer"ni boshqarmoqda. Yana biri bo‘lsa, "Tottenxem" va PSJning sobiq bosh ustozi Maurisio Pochettino hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Anchelotti joriy mavsum so‘ngida Braziliya terma jamoasini boshqarishi mumkinligi borasada xabarlar tarqalgandi.
Fikrlar