"Real"da "Arsenal" futbolchisi paydo bo‘lishi mumkin

  • 30 mart, 2020, 13:58
  • Bekzod Isayev
  • 0
CHERY AUTO

Angliyaning "Arsenal" klubi hujumchisi Per-Emerik Obameyang faoliyatini La Ligada davom ettirishi mumkin. Bu haqda Express nashri xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, gabonlik futbolchiga "Real" klubi bosh murabbiyi Zinedin Zidaning shaxsan o‘zi qiziqish bildirmoqda.

30 yoshlik hujumchi londonliklar bilan keyingi yili tugaydigan shartnomasini uzaytirmoqchi emas. Shuning uchun u shu yili yozda transferga qo‘yilishi mumkin. O‘z navbatida, "Arsenal" Obameyangning transferidan kamida 55 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!