
"Real"da Asensiodan so‘ng, navbatdagi jarohat
Ispaniyaning "Real Madrid" klubi yangi ximoyachisi Ferlan Mendi tizzasidan jarohat oldi.
24 yoshli futbolchi o‘ng oyog‘ining tizzasidan jarohat olib, 3-4 xaftaga safdan chiqdi.
Mendi "Real"ga 19 iyun kuni "Lion" jamoasidan kelib qo‘shilgan. Ispanlar futbolchi transferi uchun 48 mln evro to‘lashdi.
Mavsum boshlanmasidan Madrid jamoasining ikkinchi futbolchisi jarohat olmoqda. Mendidan oldin Marko Asensio chap oyog‘idan jarohat olib, 8-9 oy maydonga tusha olmasligi ma’lum qilingandi.
Fikrlar