
“Real”da o‘ynagan futbolchi avariya oqibati vafot etdi
Futbolchilik faoliyatida “Real”da o‘ynagan Freddi Rinkon 55 yoshida vafot etdi.
Kolumbiyalik sobiq futbolchi 11 aprel kuni avtohalokatga uchragandi. Kolumbiyaning Kali shahrida Freddi ketayotgan mashina avtobus bilan to‘qnashib ketgan.
Rinkon kasalxonaga yoqtizilib, shifokorlar uning hayoti uchun oxirigacha kurashgan bo‘lsa-da, buning imkoni topilmadi.
Freddi Madridliklar safida 1995-1996 yillar davomida o‘ynagan. 1986-2004 yilga qadar davom etgan futbolchilik faoliyatida Freddi “Napoli”, Kolumbiya va Braziliya klublarida to‘p tepgan. Rinkon 1990 yildan 2001 yilga qadar Kolumbiya terma jamoasi a’zosi bo‘lgan.
Fikrlar