“Real”da porlagan yulduz Messining eng katta xatosini aytdi

  • 6 sentabr, 2020, 14:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘z davrida “Real”ning eng ishongan futbolchisi bo‘lgan Ugo Sanches “Barselona” etakchisi Lionel Messining xatosini aytdi.

Tecno

- Messi ketishini e’lon qilgan vaqtda ham uning “Barselona”da qolishdan boshqa varianti yo‘q edi. Uning otasi va yuristlari rasmiy hujjat aylanmasiga xizmat qiluvchi byurofaksni yuborishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak edi. Bu ish Messining klubdagi obro‘sini to‘kib qo‘ydi.

Messi uchun 700 million evro to‘lashga tayyor jamoa bo‘lmagani uchun yurofaks masalasi futbolchiga ortiqcha bosh og‘riq bo‘ldi. Agar u o‘zi aytganidek, yil davomida jamoadan ketish haqida o‘ylagan bo‘lsa, tinchgina belgilangan muddatda klub rahbariyatini bundan rasman ogohlantirishi kifoya edi. Shundagina, Leo “Barselona”dan hech qanday muammosiz ketgan bo‘lardi, - dedi Ugo Sanches.

Klubni tark eta olmagan argentinalik hujumchi endi yangi mavsum oxirigacha “Barselona”da to‘p surishga majbur bo‘ladi.  

Muxlislar Messining “Barsa”da qolishiga qarshi

Messi Kumanga bosh og‘riq bo‘lmoqda. U yana mashg‘ulotga kelmadi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
УФА ва ПФЛ учун коронавирус
06/09/2020 15:59
Барселона клуби рахбарларига хам, Барселона МУХЛИСЛАРИГА хам, Барселона уйинчиларига хам коил колмадим.
Хаммаси соткин булиб чикди.
Месси учун умуман курашишмади, унинг шахсий фикри учун хеч кайсиси курашиб йордам бермади.
Лекин Месси Барса учун нималар килиб ташламади. Керак булса клуб учун Реал уйинчиларига ва клубга душман булиб берди. Вахоланки шу керакмиди Мессига.
Унга умуман зийони йок халкга душман сифатида караш керакмиди Мессига. Хаммасини Барселона учун килди. Клуб, мухлислари ва бошкалар Мессини яккалаб кучага ташлаб куйди. Арзимаган бир инсонни гапига кириб.
Ха шунча хизмат килди, куйиб юбор, хизматлари 700 млн га арзимайдими.
Хеч булмаса мухлислари унинг карорини хурмат килиши керак эди. Ва жанжал килиб Мессини тарафини олиши керак эди.
Ану ким эди, БАРТАМЭУми йоки БАРТАЛАМЭУми, ким эди-у? шуни синдириш керак эди.
Реал мухлиси.