
"Real"dagi "Rembo"!
Madridning "Real" klubi himoyachisi Antonio Ryudiger bolaligini yodga oldi.
"Noykyoln mening tumanim, bu mening uyim. Men aynan o‘sha erda kichik maydonlarda futbol o‘ynab o‘sganman. Har doim qiyin bo‘lgan. Ular meni yosh Rembo deb atashardi, chunki men juda yovvoyi edim va yutqazishni yoqtirmasdim.
Bu ajoyib joy va u erda ajoyib odamlar yashaydi. U erda eng zo‘r kaboblarni tatib ko‘rish mumkin", — dedi Ryudiger Marca nashriga bergan intervyusida.
Ma’lumot uchun, Antonio Ryudiger joriy mavsum “Real” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 2 ta gol urdi.
Fikrlar