
“Real”dagilar, 80 million evroni olib, superyulduzni bizga jo‘nating!
“Real” hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes kelasi mavsumni Angliya Premer-ligasida boshlash imkoniyatiga ega. Braziliyalik yulduzni APLning bir necha qudratli klublar o‘z safida ko‘rishga qarshi emas.
Ular orasida “Manchester Siti” favoritga aylandi. Ruben Amorim boshqarayotgan jamoa rahbariyati Rodrigo uchun 80 million evro tikishga tayyorligini bildirgan.
“Manchester Yunayted” xo‘jayinlari “Real”ga Kilian Mbappe va Jud Bellingem kelganidan keyin ikkinchi planga o‘tib qolgan 23 yoshli universal hujumchini yangi loyihaning asosiy figurasiga aylantirishni va’da qilmoqda.
Ruben Amorim kelasi mavsumda yangi hujum uchligini tashkil qilib, unga aynan Rodrigo etakchilik qilishini istayapti.
Rodrigoning o‘zi Angliya klublaridan qiziqish bo‘layotganidan xabardor. U kelajagi haqida bir qarorga kelishdan avval, “Real”ga yozda keladigan yangi bosh murabbiy bilan kelajagi va jamoadagi o‘rni haqida gaplashib olmoqchi.
Fikrlar