
“Real”dan "Arsenal"ga ajoyib taklif kelib tushdi
Ispaniya chempioni kelasi mavsum oldidan tarkibini kuchaytirish uchun “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyangni o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Garchi madridliklar qimmat transferlarni amalga oshirish uchun mablag‘ sarflamasligini e’lon qilgan bo‘lsa-da, klub prezidenti Florentino Peres boshqacha yo‘l tutishga qaror qildi. U “Real” hujumchisi Mariano Dias va vinger Lukas Vaskesni Londonga jo‘natib, ularning o‘rniga 31 yoshli gabonlik hujumchini olib kelmoqchi.
“Real” mutasaddilari Obemayang sovrinlar uchun kurashadigan jamoaga o‘tish uchun “Arsenal” bilan shartnomani uzaytirmasligiga, “kanonirlar” esa uning o‘rniga ikkita futbolchini olish taklifiga ko‘nishiga ishonmoqda.
Fikrlar