"Real"dan ketmoqchi bo‘lgan yulduz qarorini o‘zgartirdi

  • 3 may, 17:00
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Real Madrid" yarim himoyachisi Arda Gyuler kelajagi borasida yakuniy qarorgan keldi. 

Tecno

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, 20 yoshli Gyuler boshqa klublarning qiziqishiga qaramay, "Real"da qolishga qaror qilgan. Manbaga ko‘ra, futbolchi yangi bosh murabbiy qo‘l ostida o‘zini ko‘rsatish imkoniyatlari ko‘proq bo‘lishiga ishonmoqda. Avvalroq, yarim himoyachiga "Arsenal" va "Manchester Yunayted" klublari qizqish bildirayotgan edi.

Joriy mavsumda Gyuler barcha musobaqalarda 37 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma berdi.

Gyulerning "qirollik klubi" bilan amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, uning transfer narxi 45 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!