“Real”dan Mbappeni haydashni talab qilayotganlar o’n bir milliondan oshdi

  • 06.05.2026 17:39
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning “Real” jamoasidan fransiyalik hujumchi Kilian Mbappe ketishini talab qiluvchi petitsiya 11 milliondan ortiq imzo to‘pladi.

Avvalroq, Kilian bir necha jamoadoshlarining, jumladan Vinisius Juniornig xatti-harakatlaridan norozi ekani xabar qilingan edi.

Futbolchining o‘zi Ispaniya chempionatining 35-turida “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan Italiyaga dam olish uchun borgan, shundan so‘ng muxlislar tomonidan tanqidga uchragan.

Shu bilan birga, Mbappe 24 aprel kuni La Ligada “Betis” bilan 1:1 hisobida durang qayd etilgan o‘yinda olgan jarohatidan tiklanmoqda.

“Barselona”ga qarshi uchrashuv 10 may kuni bo‘lib o‘tadi.

27 yoshli Kilian Mbappe 2024 yildan beri “Real” safida o‘ynamoqda. Uning avvalgi klubi  “Pari Sen-Jermen” jamoasi bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!