
“Real”ga “Chelsi” futbolchisi kerak
“Real” himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida “Chelsi” futbolchisi Antonio Ryudigerni transfer qilmoqchi.
Antonio Ryudigerning londonliklar bilan amaldagi shartnomasi bir yildan keyin yakunlanadi. Shu bois, madridliklar futbolchining erkin agentga aylanashini kutishga qaror qilgan va ular germaniyalik himoyachi atrofidagi vaziyatni kuzatib boryapti.
Serxio Ramos va Rafael Varandan ayrilgan “Qirollik klubi” markaziy himoyani tajribasi katta ijrochilarga topshirishni maqsad qilgan va bu borada Antonio Ryudiger bosh murabbiy Karlo Anchelotti talabiga javob beradi.
Ana shu maqsadda, “Real” mutasaddilari yanvargacha Antoni Ryudigerni londonliklar bilan hamkorlikni uzaytirmaslikka va Madridga ko‘chib o‘tishga ko‘ndirishga harakat qiladi.
Fikrlar