Real"ga kerak bo‘lmagan futbolchi endi "Sevilya"ga ham kerak emas

  • 20 dekabr, 2022, 21:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Isko "Sevilya"ni tark etadi.
"Marca" nashrining yozishicha, yaqin vaqt ichida Isko va klubi yarim himoyachi bilan hamkorlikni to‘xtatganini e’lon qiladi.

30 yoshli futbolchi andalusiyaliklar bilan shu yilning avgust oyida tuzilgan ikki mavsumlik shartnomani bekor qiladi. Avvalroq, Iskoning klub sport direktori Ramon Rodriges Monchi bilan janjallashib qolganligi to‘g‘risida xabar berilgandi.

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik futbolchi Andalusiya jamoasi tarkibida barcha musobaqalarda 19 ta o‘yinda ishtirok etib, bitta gol va uchta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!