“Real”ga ko‘p gol uradigan hujumchini berishmoqchi

  • 27 may, 2021, 09:50
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” va “Ayntraxt” klublari o‘zaro hujumchi almashishga yaqin turibdi. Gap shundaki, transfer huquqi madridliklarga tegishli bo‘lgan Luka Yovich “Qirollik klubi”da o‘zini ko‘rsata olmaganidan keyin Bundesligaga ijaraga qaytarib yuborildi.

Tecno

“Ayntraxt”da serbiyalik hujumchining o‘yini ochilib ketdi. Shu bilan birga Bundesliga klubi tarkibida to‘purarlar bahsida ikkinchi o‘rinni egallagan Andre Silva ham bor.

“Ayntraxt” 28 ta gol muallifi bo‘lgan portugaliyalik futbolchini yozda ushlab qolishi qiyin bo‘ladi. Shu bois, ular Andre Silvani Madridga yuborib, o‘rniga Luka Yovichni olib qolmoqchi. Tabiiyki, “Real” bu rokirovkani qabul qilsa, muayyan miqdorda kompensatsiya ham to‘lashi kerak bo‘ladi.

Ma’lumotlarga qaraganda, Florentino Peres bu rokirovkaga befarq emas va tez kunlarda tomonlar muzokaraga kirishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!