“Real”ga nima bo‘ldi? Vinisius xo‘jayинlar bilan kelisha olmayapti va ketmoqchi
Braziliyalik hujumkor futbolchi Vinisius Juniornig “Real” klubidagi kelajagi hali ham noaniq bo‘lib turibdi.
Tomonlar uzoq vaqtdan beri shartnomani uzaytirishmasalasini muhokama qilmoqda, ammo moliyaviy masalani hal qila olmayapti.
Vinisius manfaatlarini himoya qilayotgan agentlar futbolchi uchun yiliga 30 million yevro maosh talab qilmoqda. “Qirollik klubi” esa faqat 20 million yevro taklif qilishga tayyor, deb xabar berdi jurnalist Ramon Alvares.
Shu bilan birga, manba ma’lumotiga ko‘ra, kelayotgan yozda hujumchini sotish ehtimoli ancha past. “Real”da unga munosib o‘rinbosarni mos narxda topish qiyin bo‘ladi, deb hisoblashmoqda, shuning uchun yulduz bilan xayrlashishni istashmayapti.
Vinisius Junior esa, yaxshi takliflar tushsa, ko‘rib chiqishga moyilligini bildirgan. Uning amal qilayotgan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portalida 25 yoshli o‘yinchining qiymati 150 million yevro deb baholangan.

Fikrlar