“Real”ga Ronaldu kerakmi? Zidan javob berdi

  • 12.03.2021 19:30
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Real” bosh murabbiyi Zinedin Zidan “Yuventus” hujumchisi Krishtianu Ronalduning Madridga qaytishi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.

- Madrid oldidagi xizmatlarini inobatga olib, Krishtianu Ronaldu qanday futbolchi ekanini yaxshi bilasizlar. U bu erda ajoyib o‘ynagani har birimizni unga bog‘lab turadi. Hozir u “Yuventus” futbolchisi va o‘sha jamoada juda yaxshi o‘ynayapti. Men o‘zimdan hech narsa qo‘shib ayta olmayman, lekin turli gap-so‘zlar ko‘p. Muhimi, o‘zaro hurmatni saqlab qolish, - dedi Zinedin Zidan.

Chempionlar ligasini erta tark etgan “Yuventus” yiliga 31 million evro maosh oladigan portugaliyalik yulduzni yozda sotib yuborishga qaror qilgani haqida xabarlar tarqatilmoqda. Turinliklar 36 yoshli futbolchini 60 million evroga qo‘yib yuborishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!