
"Real"ga sovrin qo‘lga kiritish yo‘lida "Fiorentina" raqiblik qiladigan bo‘ldi
Yaxshi bilasiz, Madridning “Real” klubi har yili avgust oyida Santyago Bernabeu kubogini o‘tkazib keladi. Bir o‘yindan iborat bo‘lgan ushbu norasmiy turnirda bu mavsum mardidliklarga Italiyaning “Fiorentina” klubi raqiblik qiladi.
Qayd etish joiz, “Fiorentina” “qirollik klubi”ning sobiq prezidenti xotirasi uchun tashkil etiladigan turnirda ishtirok etadigan Italiyaning uchinchi jamoasi bo‘ladi. Mazkur o‘yin 23 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.
1979 yildan buyon muntazam o‘tkazilib kelinadigan ushbu musobaqada o‘tgan mavsum “Real” Frantsiyaning “Reyms” jamoasini 5:3 hisobida mag‘lub etgan edi.
Fikrlar