“Real”ga zo‘r futbolchi keladi
“Qirollik klubi” tarkibini kuchaytirish maqsadida “Veles”ning iste’dodli yarim himoyachisi Maksimo Perroneni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.
“Real” skautlari anchadan beri 18 yoshli futbolchining “Veles” yoshlar jamoasidagi o‘yinlarini sinchkovlik bilan kuzatib kelmoqda va ular bu yarim himoyachi yaqin kelajakda madridliklarga katta yordam berishiga ishonch bildiryapti.
Perronening “Veles” bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha davom etadi. Bu yarim himoyachiga Evropaning qator klublaridan qiziqish bor.

Fikrlar