“Real”ni chempion qilgan Anchelotti rahbariyatdan norozi!

  • 29 yanvar, 2023, 17:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti va klub rahbariyati o‘rtasidagi ziddiyat tobora kuchayib bormoqda.

Tecno

Italiyalik mutaxassis mutasaddilarning transferlar davrida tarkibni kuchaytirishni istamayotgani xavotirga solmoqda.

Anchelotti yozgi transferlar davridan buyon hujum chizig‘iga yangi ijrochilar olishni so‘ramoqda. Biroq, bosh murabbiy talabi inobatga olinayotgani yo‘q, aksincha, ochiqchasiga rad etib kelmoqda. Bu haqda Relevo nashri ma’lumot bedi.

Klub prezidenti Florentino Peres yaqinda jamoasi Ispaniya Superkubogida “Barselona”dan mag‘lubiyatga uchraganidan keyin g‘azabga keldi.  Klub rahbari o‘yindan keyin jamoani suhbatga chaqirtirgani ham bosh murabbiy bilan munosabatlarni yanada taranglashtirdi.

O‘tgan mavsumda “Real”ni Ispaniya chempioni va Chempionlar ligasi g‘olibiga aylantigan Karlo Anchelottining klub boshqaruviga jiddiy e’tirozlari borligi aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!