"Real"ni orzu qilib, "Barselona"ni tanlagan futbolchi

  • 19 iyul, 2022, 12:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Robert Levandovski "Barselona"ga o‘tdi. Uni bu erda olti oydan buyon kutishayotgandi. Biroq ko‘pchilik bilsa kerak, polyak Ispaniyaga ancha avval kelishi mumkin edi. Hozir u Kataloniyaliklar futbolchisi, ammo 9 yil oldin Madrid klubiga o‘tish u uchun ustuvor vazifa bo‘lgan. Shuningdek, "qirollik klubi" ham bir necha bor uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan.

2013 yili Robert "Borussiya" safida karerasidagi eng yorqin mavsumlardan birini o‘tkazdi. U yarim final bahsida "Real" darvozasiga 4 ta gol urgandi.

Tecno

Joze Mourino bellashuvdan so‘ng birorta so‘z topa olmay, shunchaki elka qisib qo‘ygandi. Yurgen Klopp esa o‘z hissiyotlarini yashirib o‘tirmagan:

- Men ko‘zlarimga ishonmayapman. Bu hayratlanarli. Uni Robin Gud, deb atagan bo‘lardim. Sababi, u kambag‘allarga bayram qilish imkoniyatini taqdim etdi.

"Volfusburg" darvozasiga urilgan 5 ta gol doimo yuragimda qoladi, ammo "Real" bilan o‘yindagi poker muhimroq. Men hech qachon o‘sha oqshomni unutmayman. Mazkur hissiyotlarni tasvirlab bo‘lmaydi", - degan edi polyak 2019 yilda.
2014 yilda Levandovski "Borussiya" Dortmundni erkin agent sifatida tark etadi. Shartnomasi tugashiga yarim yil qolgandan boshlab u o‘ziga yangi jamoa qidirishni boshlab yubordi. Ilk taklif "Bavariya" tomonidan berildi va tomonlar og‘zaki kelishuvga erishdi. "Qaymoqranglilar" esa uni myunxenliklardan tortib olish harakatiga tushdi.



"Iqtisodiy tomondan Madrid klubi yaxshiroq taklif bilan chiqdi, ammo Robert "Bavariya" bilan kelishuvga erishgan va aynan shu erda o‘ynashni istardi. Benzema bilan raqobat qilish unga yoqmagan. Uning maqsadi har bir uchrashuvda maydonga tushib, o‘zini har tomonlama ko‘rsatish bo‘lgan.

Shunday bo‘lsa-da, Florentino Peres taslim bo‘lmadi. U Levandovskining "Bavariya" bilan kelishib olganini bilardi. Vaziyatni o‘z tomoniga og‘dirish uchun funktsioner forvardga ko‘proq maosh taklif qildi. U Myunxenga borib safiga borib, "Bavariya" rahbariyati bilan uchrashdi va biroz noxush gaplar eshitdi. Oxir-oqibat nemis grandi ham uning maoshini ko‘tardi.

2020 yil fevarl oyida " Onet Sport" nashri "qirollik klubi"ning taklifini internetga joylashtirdi. Unga ko‘ra, "Real" unga 10 million evro maosh va 7 yillik shartnoma taklif qilgan. Bundan tashqari, kelishuv amalga oshganidan so‘ng u 10 million evro bonus ham olardi.

Shunga qaramay, Robert "Bavariya" bilan kelishuvni buzishga jur’at qila olmadi. Shuningdek, unda Germaniyani tark etish istagi ham bo‘lmagan.

Ispaniya OAV Levandovskini bir necha bora "Real" bilan bog‘ladi. 2016 yilda "Marca" nashri Robertning o‘zi ispan grandi safiga o‘tishni istayotgani haqida xabar berdi. 2018 yilda madridliklar hamon uni o‘z safiga qo‘shib olishni istayotganini ma’lum qilgan. Taklif 2020 yilda ham bo‘lgan, ammo yakunda uning o‘zi "Bavariya"da qolishga qaror qildi.

"Biz Florentino Peres bilan bir necha bor uchrashganmiz. Bir safar "Real"ga qarshi o‘yindan so‘ng ham shu hodisa sodir bo‘lgan, ammo nima haqida suhbatlashganimizni ayta olmayman. Men "Bavariya"da qoldim va bu erda baxtliman", - deya sirli kulib qo‘ygandi Levandovski.

Bu holatga Peresning o‘zi ham izoh bergandi: "Biz Levandovskini qo‘lga kiritish uchun bir necha yil o‘rindik, ammo uni sotishmadi. Bu har bir klub bilan sodir bo‘ladigan holat". 

Bez nazvaniya (1)

Hujumchining o‘zi ham har doim "Real"ga o‘tishni o‘ylagan. Har holda, "AS" nashri bu haqda tinimsiz xabarlar bergan. O‘tgan mavsumda ham uni Madridda kutishayotgandi. Biroq "Bavariya" o‘z futbolchisini qo‘yib yubormagan. Levandovskining bu yozda ham "Real"ga o‘tish ehtimoli bor edi. Qishda o‘z agenti Pini Zaxavining say-harakatlari orqali u "qirollik klubi" bilan shartnoma imzolashi mumkinligi aytilgandi

Bahorga kelib, "Real" ho‘jayinlari bu transferga u qadar ham qiziqmayotganini ma’lum bo‘ldi. 34 yoshga kirgan o‘yinchi uchun so‘ralayotgan summadan ular qo‘rqib ketdi. 

Shunday bo‘lsa-da Peres "Barselona"ni mazkur trasfer bilan tabrikladi: "Ular uchun xursandman. "Barsa" ajoyib transfer amalga oshirdi", - dedi Florentino.

Nima bo‘lgan taqdirda ham, polyak endi "Barselona"da va unda yana "Real"ni xafa qilish imkoniyati mavjud. Unda Madrid klubiga qarshi 8 o‘yinda 6 ta gol bor. Garchi, ulardan 4 tasini Robert bir o‘yinda kiritgan bo‘lsa ham. 


                                                                                     Xudayqulov Karim tarjimasi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!