“Real”ni tashlab bizga kel, tushingga kirmagan maosh olasan!

  • 8 aprel, 05:38
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Real” rahbariyati tajribali hisoyachi Lukas Vaskes bilan xayrlashishga qaror qilgan. 34 yoshli futbolchiga yangi shartoma taklif qilinmaydi.

Shunga qaramay, Vaskes ishsiz va pulsiz qolmaydi. Himoyachini Saudiya Arabistonining “Al-Qodisiya” klubi o‘z safig chorlamoqda.

Shayxlar erkin agentga aylanadigan o‘yinchiga ikki yillik shartnoma va har mavsum uchun 15 million evrodan maosh to‘lashni va’da qilyapti. Bu summa uning “Real”da olayotgan maoshidan ancha baland hisoblanadi.

O‘ng qanot himoyachisi bo‘lgan Vaskes aslida “Real” akademiyasidan etishib chiqqan. Orada ma’lum muddat “Espanol”da tajriba oshirib keldi. 2015 yildan yana “Real”ning asosiy jamoasiga qabul qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!