“Real”ning asosiy tarkibdan uch yulduz ketishi ehtimoli oshdi

  • 22.11.2025 10:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

“Real”ni qabul qilib olgan Xabi Alonso jamoani o‘ziga moslashtirib oldi. Ayniqsa, turkiyalik yosh iste’dod egasi Arda Gyuler madridliklar safida asosiy figuralardan biriga aylandi.

Shuningdek, Eduardo Kamavinga va Orelen Tchuameni ham murabbiylar shtabi ishonchini qozongan.

DefensaCentral nashrining ma’lum qilishicha, Angliya Premer-ligasi klublari bu uch o‘yinchini olish yo‘llarini qidirishga kirishdi. Ingliz klublarining vositachalari 2026 yilning yozgi transferlar davrida Gyuler, Kamavinga va Tchuamenini “tumanli Albion”ga olib ketishga urinib ko‘radi.

Klubning pozitsiyasi aniq, hozircha “Real” uzoq muddatli shartnomaga ega uchala futbolchisini saqlab qolish tarafdori. Ammo Angliya klublari moliyaviy jihatdan kuchli va har uchala futbolchini kuzatib bormoqda. Agar katta taklif tushsa va o‘yinchilarning o‘zi rozi bo‘lsa, “Qirollik klubi” chorlovlarni  biznes nuqtai nazaridan ko‘rib chiqishi  aytilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!