
“Real”ning eng titulli futbolchisi faoliyatini yakunlashi mumkin
Madridning "Real" klubi sobiq himoyachisi Marselo faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqda ispan nashrlari xabar bermoqda.
Himoyachi ayni paytda erkin agent hisoblanadi. U “qirollik klubi”ni tark etganidan keyin boshqa jamoalar bilan shartnoma imzolamadi. Futbolchiga MLS va Qatar chempionatidan takliflar borligi haqida xabarlar bor edi, biroq himoyachi mazkur jamoalarga o‘tishni istamadi. Shuningdek, Marseloga Evropaning bir qancha jamoalari, xususan, Frantsiyaning “Marsel” klubidan qiziqish bo‘lgani haqida mish-mishlar tarqldi, lekin yakunda tomonlar bir qarorga kela olishmadi.
Marselo hozirda 34 yoshda bo‘lib, "Real" tarixidagi eng ko‘p sovrin yutgan futbolchi hisoblanadi. U Ispaniya poytaxti jamoasi bilan birgalikda 25 (!) kubokni qo‘lga kiritgan.
Fikrlar