"Real"ning eng universal futbolchisi safdan chiqdi

  • 13 yanvar, 2023, 10:05
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning “Real” klubi himoyachisi Lukas Vaskes qish oxirigacha maydonga tusha olmasligi ma’lum bo‘ldi. Ispaniya Superkubogi nimchorak finalida "Valensiya"ga qarshi o‘yindan so‘ng futbolchining to‘pig‘idan jarohat olganligi aniqlandi.

Tecno

"Marca" nashrining yozishicha, tiklanish bir yarim oy davom etadi.

Vaskes joriy mavsumda La Ligada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, 2 ta gol urdi. 31 yoshli futbolchi madridliklar safida butun faoliyati davomida 296 ta uchrashuvda maydonga tushib, 31 ta gol urgan va 56 ta golga assistentlik qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!