"Real"ning keyingi o‘yin uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • 30 oktabr, 2020, 23:49
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

31 oktyabr kuni La Liga doirasida "Real" - "Ueska" uchrashuvi o‘tkaziladi. Madriddagi bahs Toshkent vaqti bilan 18:00da boshlanadi.

Ushbu bellashuv uchun "Qirollik klubi" bosh murabbiyi Zinedin Zidan 22 futbolchini qaydnomaga kiritdi. Quyida "Real"ning "Ueska"ga qarshi 22 o‘yinchidan iborat ro‘yxati bilan tanishing:

Darvozabonlar: Tibo Kurtua, Andrey Lunin, Diego Altube

Himoyachilar: Eder Militao, Serxio Ramos, Rafael Varan, Marselo, Ferlan Mendi, Santos

Yarim himoyachilar: Toni Kroos, Luka Modrich, Kazemiro, Federiko Valverde, Isko

Hujumchilar: Eden Azar, Karim Benzema, Marko Asensio, Lukas Vaskes, Luka Yovich, Vinisius Junior, Mariano Dias, Rodrigo

Madridliklar 6 uchrashuvda 13 ochko jamg‘arib, 2-o‘rinda bormoqda. "Ueska" esa 7 o‘yinda 5 ochko to‘pladi va 18-pog‘onani band etgan. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!