
"Real"ning mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi kim bo‘lgani e’lon qilindi
Madridning "Real" klubi 2022/23 yilgi mavsumning eng yaxshi o‘yinchisi nomini e’lon qildi. Bu nomga Vinisius Junior munosib, deb topildi.
Braziliyalik vinger joriy mavsumda 55 ta o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol va 18 golli uzatma amalga oshirdi.
Fikrlar