“Real”ning Mbappega kuchi etmaydi
“Real” rahbariyati yozgi transferlar vaqtida asosiy nishon – Kilian Mbappeni olib kelish imkoniyatini topa olmayapti.
“Qirollik klubi” mutasaddilari frantsiyalik hujumchini olish uchun ishlab chiqilgan strategiyaga ko‘ra, asosiy tarkibning bir necha o‘yinchilarini sotib yuborishni rejalashtirgan edi. Endi ma’lum bo‘lishicha, transferlardan keladigan summa Kilianni olishga etmaydi.
Ma’lumotlarga qaraganda, PSJ yosh hujumchini 150 million evroga baholayotgan ekan. Pandemiya tufayli yuzaga kelgan moliyaviy vaziyat madridliklarga bu summani to‘lash imkonini bermaydi. Qolaversa, Kilian Mbappe ham tekinga to‘p tepmaydi. U ham katta maosh talab qiladigan o‘yinchilar toifasiga kiradi.
Mbappening parijliklar bilan shartnomasi 2022 yilning yozigacha tuzilgan. U joriy mavsumda Frantsiya chempionatida 16 ta o‘yinda 12 ta gol urib, beshta golli pas berdi.

Fikrlar