
"Real"ning Mbappeni sotib olish bo‘yicha rejalari o‘zgardi
"Real" Madrid rahbariyati hali ham PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishdan umidini uzmayapti.
AS xabariga ko‘ra, “Qirollik klubi” 22 yoshli frantsuzni sotib olishning yangi strategiyasi haqida o‘ylamoqda, chunki avvalgisi Evropa Superligasi startining to‘xtatilishi tufayli amalga oshirilmay qolgan edi. Yaqin kelajakda yangi turnirni boshlashning imkoni yo‘qligi uchun, "qaymoqranglilar" unda ishtirok etishdan tushadigan katta mablag‘ga ega bo‘la olishmaydi. Shu sababli “Real” Mbappening transferi uchun boshqa joydan pul topishiga to‘g‘ri keladi.
Mbappe ham Madridga ko‘chib o‘tishni rejalashtirmoqda va shu sababli, parijliklarning shartnomani uzaytirish bo‘yicha takliflarini uch marta rad etdi. Ammo “Real” uni sotib olishga pul topolmasa, u yana PSJda qolishi mumkin.
Kilianning ayni damdagi bozor narxi 160 mln evroni tashkil etadi. Bundan avvalroq, “Real” uni sotib olish uchun katta miqdorda kredit olishi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Fikrlar