
"Real"ning muhim futbolchisi "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynamaydi
"Real" yarim himoyachisi Dani Sebalos jarohati sabab "Manchester Siti"ga qarshi birinchi o‘yinni o‘tkazib yuboradi.
"Osasuna"ga qarshi Ispaniya kubogi finali oldidan Sebalos chap sonida noqulaylik his qilgan.
"Marca" nashri xabariga ko‘ra, ispaniyalik yarim himoyachisiga mushaklarning ortiqcha yuklanishi tashxisi qo‘yilgan. Qayta tiklanish 7 dan 10 kungacha davom etadi.
Ma’lumot uchun, Dani joriy mavsum EChLda oltita o‘yin o‘tkazdi.
Fikrlar