
"Real"ning sentyabr oyidagi eng yaxshi futbolchisi aniqlandi
"Real" klubi sentyabr oyida eng yaxshi harakat qilgan futbolchisi nomini ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, jamoa darvozaboni Tibo Kurtua bu nomga loyiq ko‘rildi. Belgiyalik posbondan tashqari, nomzodlar orasida Vinisius Junior, Rafael Varan, Federiko Valverde hamda madridliklar sardori Serxio Ramos ham bor edi.
28 yoshli posbon sentyabr oyida 2 ta bahsda maydonga tushib, 6 ta seyv va 1 quruq o‘yinni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.
Fikrlar