"Real"ning sobiq futbolchisi "Barselona" ustidan g‘alaba qozonish uchun madridliklarga nima etishmaganini aytdi

  • 20.12.2019 12:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Real" Madrid klubi sobiq futbolchisi Predrag Miyatovich "Barselona"ga (0:0) qarshi kechgan so‘nggi uchrashuvda jamoa g‘alabasi uchun Krishtianu Ronaldu etishmaganini aytdi.

“Menga birinchi marta Ronaldu singari futbolchi etishmadi, garchi bundaylar dunyoda kam bo‘lsada. Hujumda shunday “qotil” bo‘lganida “Real” g‘alaba qozonishi mumkin edi. Bilmadim, “Real”da “Barselona”ni “Kamp Nou”da engish uchun yana shunday imkoniyat bo‘ladimi yoki yo‘q.

“Barselona”da Messi gol urolmasa, o‘rniga Suares bor. “Real”da esa Benzemadan so‘ng ikkinchi to‘purar bu Ramos hisoblanadi. Bu meni tashvishlantiryapti”, - deydi Miyatovich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!