"Real"ning yangi bosh murabbiyi kim bo‘lishi mumkin?

  • 4 mart, 2019, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Madridning "Real" klubi yozda bosh murabbiyni almashtirmoqchi. Bu haqda Don Balon nashri xabar bermoqda.

Tecno

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra “qirollik klubi”ning yangi bosh murabbiyi Yoaxim Lyov bo‘lishi mumkin. Germaniya terma jamoasi ustozi bilan shaxsan klub prezidenti Florentino Peres qiziqib qolgan. Qayd etish lozimki, Lyov kuni kecha “Santyago Bernabeu”dani klasikoni tomosha qilish uchun Madridga kelgan.

Eslatib o‘tamiz, “Real” o‘zining ayni damdagi bosh murabbiyi Santyago Solari qo‘l ostida jami 26ta o‘yin o‘tkazdi va shularning 17tasida g‘alaba qozondi, 2tasida durang o‘ynadi va 7tasida mag‘lub bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!