“Real”ning zo‘r hujumchisi “Barsa”ga qarshi finalda yordam berolmaydi
11 yanvar kuni Ispaniya Superkubogi finalida “Real” ashaddiy raqib “Barselona” bilan kuch sinashadi. “El klasiko” oldidan Xabi Alonso jamoasida kadrlar muammosi yuzaga keldi.
“Real” hujumkor futbolchisi Rodrigo Goes Ispaniya Superkubogi finalida “Barselona”ga qarshi maydonga tushmasligi mumkin, deb xabar berdi COPE nashri.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, futbolchining son mushaklari bilan bog‘liq muammolari bor va u og‘riq his qilmoqda. Yakuniy qaror qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan keyin ma'lum bo‘ladi.
Ispaniya Superkubogi har ikki jamoa uchun ham printsipial ahamiyatga ega. Ikki raqib bu sovrinni qo‘lga kiritish orqali 2026 yilni o‘ziga xos muvaffaqiyat bilan boshlashga bel bog‘lagan.

Fikrlar