"Red Bull" kompaniyasi endi Angliyani zabt etmoqchi
Avstriyaning "Red Bull" kompaniyasi Londonning "Vest Xem" klubini sotib olishni mo‘ljallab turibdi.
Turli ichimliklar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kompaniya o‘tgan yozda "bolg‘achilar"ni o‘z tasarrufiga kiritish uchun klub rahbariyatiga 650 million funt taklif qilgandi. Ammo londonliklar ushbu taklifga rad javobini bergandi.

Qayd etish joiz, ushbu kompaniya Angliyadan tashqari Germaniya AQSh, Braziliya, Gana va Avstriya kabi mamlakatlarda turli jamoalarga egalik qiladi.
Fikrlar