Rejis Progreys yangi promouter bilan shartnoma imzoladi

  • 21 avgust, 2020, 18:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Super engil vaznda sobiq jahon chempioni Rejis Progreys El Xeymonga qarashli PBC (Premier Boxing Champions) promouterlik kompaniyasi bilan shartnoma imzoladi. Progreys shu vaqtgacha Lu Dibella bilan ishlab kelmoqda edi. Ammo oxirgi vaqtda u uchun janglar uyushtirib berish qiyin bo‘layotgani sabab, Progreys boshqa promoushen bilan hamkorlik qiladigan bo‘ldi. Uning PBCdagi debyut jangi 24 oktyabr kuni Jervonta Davis va Leo Santa Kruz o‘rtasidagi jang anderkardida Xuan Xeraldesga qarshi bo‘lishi rejalashtirilgan.

Tecno

Avvalroq, hamyurtimiz Shohjahon Ergashevning promouteri Dimitriy Salita ham Rejis Progreys va Ergashev jangini tashkil qilish bo‘yicha muzokaralar olib borgani haqida xabar berilgan edi. Biroq keyinchalik bu haqda boshqa ma’lumotlar berilmadi va katta ehtimol bilan ushbu jang tashkil qilinmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!