Rekordlar o‘rnatayotgan Vembanyana nega o‘zini tanqid qildi?

  • 23.05.2026 19:24
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boshqalar
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Basketbol bo‘yicha “San-Antonio Spörs” jamoasi yetakchisi Viktor Vembanyama G‘arbiy konferensiya finalining uchinchi uchrashuvida “Oklaxoma-Siti Tander”ga uchrashuv 108:123 hisobida boy berilganidan keyin o‘z o‘yiniga munosabat bildirdi.

Viytorning fikricha, hozirda u jamoadoshlarining imkoniyatlarini to‘liq ochib berishga  qiyinlamoqda.

- Hozircha jamoadoshlarimni yaxshiroq o‘ynatishda muammolarga duch kelyapman, - dedi jamoa yetakchisi hisoblangan Vembanyama.

Ushbu uchrashuvda fransiyalik basketbolchi 24 ochko jamg‘arib, jamoasining eng sermahsul o‘yinchisi bo‘ldi. “Spörs” safida Devin Rassel 20 ochko bilan undan keyingi natijani qayd etdi.

Seriyaning birinchi bahsida Vembanyama 40 ochko va 20 ta ribaund qayd etib, pley-off tarixida bunday natijaga erishgan eng yosh o‘yinchiga aylangan hamda jamoasi 122:115 hisobida g‘alaba qozongan edi.

Ikkinchi o‘yinda esa u 21 ochko va 17 ribaund to‘pladi, ammo  “Spörs” 113:122 hisobida mag‘lub bo‘ldi.

22 yoshli basketbolchi o‘z o‘yini haqida fikr bildirib shunday dedi:

“Mening zarbalar bo‘yicha ko‘rsatkichlarim yomon emas. Ammo men ko‘proq assist berishim, yaxshiroq ribaund yig‘ishim va raqib himoyasini yanada ko‘proq bosim ostida qoldirishim kerak. Shu orqali jamoadoshlarim uchun bo‘sh hududlar yaratib berishim mumkin”.

Uchinchi uchrashuvda “Tander” zahira o‘yinchilari 76 ochko jamg‘ardi. Bu 1984 yilda NBA pley-offining hozirgi 16 jamoali formati joriy etilganidan beri konferensiya finallarida qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkich hisoblanadi.

Seriyada hisob 2:1 ko‘rinishiga keldi va “Tander” oldinga chiqib oldi. To‘rtinchi uchrashuv ham San-Antonioda bo‘lib o‘tadi.

G‘arbiy konferensiya finali g‘olibi NBA finalida “Nyu-York Niks” yoki “Klivlend Kavalers” bilan to‘qnash keladi. Ayni paytda Sharqiy konferensiya finalida “Niks” seriyada 2:0 hisobida oldinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!