Remzi “Yuventus”da qolishga umid qilmoqda

  • 18 avgust, 2020, 12:10
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Yuventus"ning uelslik yarim himoyachisi Aaron Remzining hali jamoadan ketish niyati yo‘q. Bu haqda jurnalist Janluka Di Martsio xabar bermoqda.

Tecno

"Remzi qolmoqchi. Uning shartnomasi bor va bu holatda boshqa qarorga kelish qiyin. U "Yuventus" qutulmoqchi bo‘lgan o‘yinchilar orasida emas. Xedira va Matyuidi shunday futbolchilardan edi va ulardan birining transferi amalga oshdi. Menimcha, Remzi Turinda qoladi", - deydi jurnalist.

29 yoshli xavbek turinliklar safida 2019 yildan beri to‘p tepib kelmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2023 yil 30 iyunida yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!