Reshford Manchester universitetining faxriy diplomiga ega bo‘ldi

  • 15.07.2020 14:20
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

“Manchester Yunayted” klubi va Angliya terma jamoasi forvardi Markus Reshford Manchester universitetining faxriy diplomini oldi. E’tiborlisi, u ushbu diplomga ega bo‘lgan eng yosh talabaga aylandi.

22 yoshli futbolchi xayriya ishlari uchun Buyuk Britaniyaning eng nufuzli universitetlaridan biri tomonidan taqdirlangan.

Futbolchi Buyuk Britaniya hukumatining maktab ta’tilida bolalarni bepul ovqat bilan ta’minlamaslik haqidagi qarorini bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi. Reshford Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonni fikrini o‘zgartirishga ishontira oldi.

Bundan tashqari, u FareShare xayriya jamg‘armasiga oziq-ovqat uchun 22 mln evro yig‘ishga yordam berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!