Reshford "Manchester Yunayted"ni tark etishi mumkin!

  • 15 mart, 2024, 18:30
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford boshqa chempionatga ko‘chib o‘tishi mumkin. "DeadlineDayLive" xabariga ko‘ra, PSJ 26 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Parij klubi rahbariyati angliyalik futbolchini keyingi yozda sotib olmoqchi. PSJ Reshfordga haftalik maoshi 585 ming evro bo‘lgan foydali shartnoma taklif qiladi. Markusning "qizil iblislar" bilan shartnomasi 2028 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan bo‘lib, uning transfer narxi 60 million evroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, Reshford joriy mavsum APLning 27 uchrashuvida qatnashib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!