
Reshford MYuga qaytmoqchi emas, u faoliyatini La Ligada davom ettirmoqchi
Hozirda ijara asosida "Aston Villa"da to‘p surayotgan Markus Reshford hanuzgacha "Barselona"ga o‘tishga umid qilmoqda. Bu haqda "Give Me Sport" portali jurnalistlari xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, hujumchi uchun yangi jamoasining UEFA Chempionlar Ligasi musobaqasida ishtirok etishi juda muhim. Reshford, shuningdek, "Manchester Yunayted"ga qaytishni istamasligini ma’lum qilgan.
Markus mavsum oxirigacha ijara asosida MYudan "Aston Villa"ga o‘tgandi. Birmingem jamoasi safida u 17 o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchining "qizil iblislar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yozigacha mo‘ljallangan.
Fikrlar