
Reshford nima uchun "Chelsi"ga qarshi bahsni zaxiradan boshlamoqda
APLning 31-turidan o‘rin olgan "Chelsi" - "Manchester Yunayted" uchrashuvi uchun jamoalar o‘z tarkiblarini e’lon qilishdi. "Qizil iblislar" safidan Markus Reshford zaxirada qoldirilgani ma’lum bo‘lmoqda. Erik ten Xag bunga to‘xtalib o‘tdi:
"Bizni bundan tashqari yakshanba kuni ham bitta muhim uchrashuv kutib turibdi. Shu sababli, rotatsiya qilishga qaror qildim", dedi niderlandiyalik murabbiy.
Eslatib o‘tamiz, Reshfordning o‘rniga Antoni asosiy tarkibdan joy olgan. Yakshanbada esa "Manchester Yunayted" "Liverpul"ga qarshi o‘ynaydi.
Fikrlar