
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internatiga 120dan ortiq kitob sovg‘a qilindi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev aholi o‘rtasida savodxonlikni oshirish, yoshlar orasida kitobga bo‘lgan mehrni shakllantirish maqsadida butun mamlakatimiz bo‘ylab rahbar xodimlar, vazirliklar va qo‘mitalar, yirik kompaniya va tashkilotlarga maktab-internatlar, institutlar va kutubxonalarga kitoblar sovg‘a qilish bo‘yicha tashabbus ko‘rsatgan edi. Ushbu ko‘rsatma yuzasidan O‘zbekiston MOQ rahbari Umid Ahmadjonov bugun Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zahiralari maktab internati (RIOZMI) kutubxonasiga 120dan ortiq kitob sovg‘a qildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Ushbu kitoblar orasidan Toxir Malik, Abdulla Qahhor, Abdulla Qodiriy Muhammad Yusuf kabi o‘zbek, A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, Sholoxov, L.Tolstoy, T.Drayzer, Artur Konan Doyl, Janni Rodari kabi xorij adabiyoti namoyondalari, qolaversa, Valeriy Lobanovskiy, Boris Arkadevdek jahonga mashhur sport mutaxassislarining badiiy va ilmiy asarlari ham o‘rin olgan.
- Haqiqiy sportchi bo‘lib etishish uchun jismoniy tayyogarlikdan tashqari intellektual jihatdan ham yuqori salohiyatga ega bo‘lish kerak. Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimiz juda ham foydali ishni boshlab berdilar. Ishonamanki, savodxonligi yuqori bo‘lgan siz kabi sportchilar kelajakda bundanda yaxshi natijalar qayd etib, yurtimiz dovrug‘ini yanada ko‘tarasizlar, – dedi Umid Ahmadjonov.
Shuningdek, MOQ rahbari RIOZMI faoliyati va olib borilayotgan qurilish ishlarini ko‘zdan kechirdi. Kamondan otish, sport kurashlari va bir qator sport turlari bilan shug‘ullanadigan yoshlar uchun ta’mirlanayotgan inshootlar va maydonlar bilan yaqindan tanishib, qilinishi kerak bo‘lgan qo‘shimcha chora-tadbirlar bo‘yicha o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
Fikrlar