R.Fernandes: "Barselona" Messi bilan kelishib bo‘lgan

  • 21 avgust, 2017, 09:58
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Kataloniyaning “Barselona” klubi sport direktori Robert Fernandesning so‘zlariga ko‘ra jamoa rahbariyati va Lionel Messi o‘rtasida shartnomani uzaytirish borasida hech qanday kelishmovchiliklar yo‘q.

“Barselona” Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida to‘liq kelishuvga erishgan. Shunchaki biz ushbu shartnomani imzolash uchun qulay fursatni kutyapmiz. Bor gap shu”, - deydi Fernandes.

Eslatib o‘tamiz, Kataloniya super klubi iyul oyining boshida Messi bilan shartnomani uzaytirish borasida kelishuvga erishganligi va ushbu shartnoma futbolchi ta’tildan qaytganidan so‘ng imzolanishi haqida e’lon qilgan edi. Biroq, haligacha ushbu ish amalga oshirilgani yo‘q.

Ta’kidlash lozimki, bundan avvalroq 30 yoshli argentinalik futbolchi uchun Angliyaning “Manchester Siti” klubi 300 mln evro tovon puli to‘lab, uni sotib olishga tayyor ekanligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!